"Osiyo kubogi-2027". Musobaqaning sanalari ma’lum qilindi

  • 8 yanvar, 15:37
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

OFK 2027 yilda Saudiya Arabistoni maydonlarida o‘tkaziladigan 19-Osiyo kubogi sanalarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, qit’a birinchiligi uchun kurash eng kuchli 24 jamoa ishtirokida 2027 yilning 7 yanvaridan 5 fevraliga qadar bo‘lib o‘tadi.

Qayd etilishicha, turnir Ar-Riyod, Jidda va Al-Hobar shaharlaridagi 8 ta stadionda (“King Fahd Sports City”, “King Abdullah Sports City”, “Al-Hobar”, “Kingdom Arena”, “King Saud University”, “Prince Abdullah Al Faisal Sports City”, “ Imom Muhammad ibn Saud” va “Al-Shabab”) o‘tkaziladi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Milliy terma jamoasi turnir ishtirokchisi sanaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!