
Osiyo chempionati. Kunni ajoyib g‘alaba bilan boshladik!
Ayni kunlarda Tailandning Chiang May shahrida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
48 kg da Shodiyorjon Meliqo‘ziev ukrainalik Andriy Efimovichga qarshi jang qildi. Ishonchli tarzda harakat qilgan hamyurtimiz 2-raundda raqibini texnik nokautga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni Asilbek Jalilov va Qozog‘iston vakili Saken Bibossinov o‘rtasidagi muhim bahs kutib turibdi.
Fikrlar