
“Osiyo bolalari” VII xalqaro o‘yinlari qaysi sport inshootlarida o‘tkaziladi?
Shu yilning 27 iyul – 8 avgust kunlari 14-16 yoshli o‘smirlar o‘rtasida “Osiyo bolalari” (“Deti Azii”) VII xalqaro o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqalar Rossiyaning Vladivostok shahridagi 7 ta sport inshootida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Quyida shu haqda ma’lumot taqdim etamiz:
Jismoniy tarbiya va sport markazi (Artyom shaharchasi)
Badminton: 4-7 avgust,
Stol tennisi: 29 iyul – 1 avgust,
“Yunost” sport saroyi
O‘q otish: 2-6 avgust,
“Fetisov Arena” konsert-sport majmuasi
Boks: 2-6 avgust,
Sambo: 3 avgust,
Sport kurashlari: 31 iyul – 2 avgust,
Xaspagay: 4 avgust,
Badiiy gimnastika: 29-31 iyul,
“Dinamo” stadioni
Engil atletika: 31 iyul – 2 avgust,
Kamondan otish: 4-6 avgust,
Vladivostok markaziy maydoni
Basketbol 3x3: 29 iyul – 1 avgust,
Breyking: 2-3 avgust,
Mas-restling: 4-5 avgust,
Plyaj voleyboli: 28 iyul – 3 avgust,
“Olimpiyachi” sport majmuasi
Mini-futbol: 31 iyul – 4 avgust, 6-7 avgust,
Suzish: 29-31 iyul,
“Yoshlik” sport majmuasi
O‘zbek kurashi: 6 avgust,
Dzyudo: 2-4 avgust,
Taekvondo WT: 30-31 avgust.
O‘yinlarning ochilish va yopilish marosimlari “Fetisov Arena” konsert-sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada O‘zbekiston sharafini sportning 17 ta turi bo‘yicha jami 174 nafar atlet himoya qilishadi. Vakillarimiz faqat Yakutiya milliy kurashi – Xapsagay va breyking (yoki breyk-dans) bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etishmaydi.
Ma’lumot uchun: bugun tunda vakillarimiz “Osiyo bolalari” VII xalqaro o‘yinlarida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketishdi.
Fikrlar