
Orzudagi sovrinni Mourino olib beradi. Evropa grandi Jozeni chaqiryapti.
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino yozda jamoasini o‘zigartirishi mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, PSJ rahbariyati portugaliyalik murabbiyning xizmatlariga ehtiyoj sezmoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, PSJning yozga belgilagan eng katta transferi – aynan Joze Mourinoni Rimdan Parijga ko‘chib kelish ekan. Parijliklar mashhur murabbiy yordamida klubga armon bo‘lib kelayotgan Evropa Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritmoqchi.
Klubning portugaliyalik sport direktori Luish Kampush Mourino bilan shaxsiy aloqalaridan foydalanib, uni klubga olib kelmoqchi.
Hozirgi bosh murabbiy Kristof Galte Neymar, Lionel Messi va Kilian Mbappe kabi yulduzlarga gapini o‘tkaza olmayapti.
Fikrlar