O‘runovning jamoasi bu safar "Zenit"ga imkoniyatni boy berdi (video)

  • 17 dekabr, 2020, 00:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasining 19-turi doirasida “Spartak” amaldagi chempion “Zenit” maydoniga safar qildi.

Tecno

Sankt-Peterburgda kechgan o‘yin gollarga boy bo‘ldi. Yakunda maydon egalari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Piterliklarga g‘alaba keltirgan gollarni Sardor Azmun (8'), Yaroslav Rakitskiy (73') va Artyom Dzyuba (90') kiritdi. E’tiborlisi, “Spartak” hisobiga yozilgan yagona golni ham “Zenit” himoyachisi Deyan Lovren o‘z darvozasiga kiritib yubordi.

Afsuski, "Spartak"dagi hamyurtimiz Oston O‘runov bu safar ham zaxirada qoldirildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!