
O‘runov "Spartak"ning asosiy jamoasiga kiritilmasa, qaerda o‘ynaydi? Agar Oston shartnomani bekor qilsa, qancha tovon puli to‘laydi?
Rossiyada faoliyat yuritayotgan Oston O‘runovning taqdiri ko‘pchilikni qiziqtirmoqda.
Spartak KB Telega telegram kanalida yozilishicha, "Spartak" Oston O‘runovni yoshlar yoki ikkinchi jamoaga o‘tkazishi mumkin. Bu uning mehnat shartnomasida yozilgan.
Agar Oston rad etsa yoki shartnomani bir tomonlama (o‘zi tomonidan) bekor qilsa, 20 million evro jarima to‘laydi va qo‘shimchasiga FIFAdan 6 yoki undan ko‘proq muddatga taqiq oladi. Hatto unga har qanday futbol jamoalari bilan birga mashg‘ulot o‘tkazish ham taqiqlanadi.
Biroq, "Spartak" hali O‘runovning kelajagi borasida bir qarorga kelgani yo‘q. Uning keyingi 6 oylik faoliyati bosh murabbiy Tedeskoning qaroriga bog‘liq.
Fikrlar