
O‘runov safga qaytgan, lekin...
Rossiya premer-ligasining 28-turida “Ufa” safar uchrashuvida TsSKA bilan kuch sinashadi.
Ko‘pchilikni ushbu bahsda ufaliklarning o‘zbekistonlik legioneri Oston O‘runov masalasi qiziqtirmoqda. Hamyurtimiz jarohat tufayli 3 apreldan beri maydonga tushgani yo‘q.
Ayni paytda O‘runov jarohatini qutilib, umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgan.
Ostonning TsSKA qarshi uchrashuvda qatnashish imkoniyati haqida “Ufa” bosh direktori Shamil Gazizov oydinlik kiritdi.
- Oston O‘runov bir necha kun avval, umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi. U TsSKA qarshi o‘ynashga qodir, lekin to‘liq 90 daqiqa faol harakat qila olmaydi. Qolgan futbolchilarning hammasi o‘yinga tayyor, - dedi Shamil Gazizov.
TsSKA – "Ufa" uchrashuvi 1 may kuni Toshkent vaqti bilan 18:30 da boshlanadi.
Fikrlar