O‘runov jamoasini premer-ligada olib qololmadi!

  • 28 may, 2022, 20:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oston O‘runov ijara asosida o‘ynagan “Ufa” premer-ligani tark etdi. Boshqirdiston klubi premer-ligani 14-o‘rinda yakunlab, yuqori divizionda qolish uchun Milliy futbol ligasida uchinchi o‘rinni egallagan “Orenburg” bilan o‘tish pley-offida kuch sinashdi.

Tecno

“Orenburg” maydonida bo‘lgan dastlabki bahsda ufaliklar ikki to‘p farqi bilan oldinda borganiga qaramay, 2:2 hisobida durang qayd etdi. Bu bellashuvda sariq kartochkalari ko‘payib ketgan Oston O‘runov qatnashmadi.

Ufadagi javob uchrashuvida Oston O‘runov to‘liq o‘ynadi. Maydonda eng faol o‘yinchilardan biri sifatida legionerimiz jamoadoshlarining gol urishi uchun bir necha marta xavfli vaziyatlar yaratib berdi.

Mazkur bahsda birinchi bo‘lib, orenburgliklar vakili Joel Fameye hisobni ochdi. Mezbonlar birinchi bo‘lim oxirida Yuriy Juravlyovning aniq zarbasi evaziga vaziyatni tenglashtirgandi. Biroq, o‘yin yakunlanishi arafasida hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Andrey Malix “Ufa” darvozasini ishg‘ol qilib, “Orenburg”ga g‘alaba keltirdi va jamoasini premer-ligaga olib chiqdi.

“Ufa” kelasi mavsumni quyi ligada o‘tkazadi. Oston O‘runov ijara muddati tugagani uchun “Spartak”ga qaytib boradi va o‘ziga yangi jamoa topishi kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!