
O‘runov jamoasi qanday taqdirlanadi?
Rossiya premer-ligasining 26-turida “Ufa” futbolchilari safar uchrashuvida “Spartak” darvozasiga javobsiz uchta gol kiritib, yirik hisobda zafar quchdi. Mezbonlar kutilmagan qaqshatqich mag‘lubiyatdan so‘ng, chempionlik poygasidan chiqib ketgani aytilmoqda.
Jurnalistlar “Ufa” bosh direktori Shamil Gazizovdan printsipial uchrashuvda moskvaliklarni tiz cho‘ktirgan jamoa qanday mukofotlanishi haqida so‘radi.
- Moddiy mukofotlar bo‘lmaydi. Chunki mening klubimning byudjeti ancha kichik. Qolaversa, biz hali asosiy vazifa – premer-ligada qolish masalasini hal qilganimiz yo‘q. Shu bois, hozirdan qandaydir bonuslar va mukofot pullari haqida gapirishga juda erta, - dedi Shamil Gazizov.
Ushbu uchrashuvda huquqiy jihatdan “Spartak”ga tegishli bo‘lgan va ijara asosida “Ufa”da o‘ynayotgan Oston O‘runov ishtirok etmadi. Legionerimiz jarohatidan tiklanib ulgurmagani bois, bahs qaydnomasiga kiritilmadi.
Fikrlar