
O‘rtoqlik o‘yinlari. Argentinani engan Venesuela kutilmaganda Kataloniyaga yutqazib qo‘ydi
Xabaringiz bor shu kunlarda dunyoning ko‘plab terma jamoalari o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda.
Jumladan, bugun Kataloniya terma jamoasi o‘z maydonida Venesuelani qabul qildi va kutilmaganda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Kataloniya - Venesuela - 2:1
Gollar: Krkich, 53 - 1:0, Rosales, 59 - 1:1, Puado, 87 - 2:1.
Kataloniya: Badiya, Pike (Puig, 52), Bartra (Munesa, 46), Granel (Romeu, 46), Pons (Montoyya, 46), Garsiya (Milya, 36), Krkich (Karlona, 63), Aleish Vidal (Puado, 63), Didak Vila (Beserra, 46), Melendo (Sanches, 46), Xordan (Kukurelya, 46).
Venesuela: Farines (Romo, 46), Osorio, Chansellor, Moreno, Rinkon (Seyxas, 46), Soteldo (Xuanpi, 60; Kadis, 81), Murilo (Machis, 61), Rosales, Djozef Martines (Aristegeta, 61), Errera, Gonsales (Ernandes, 78).
Eslatib o‘tamiz, Venesuela terma jamoasi 22 mart kuni Argentinani 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar