"Oltin to‘p" uchun kurashayotgan futbolchilarning statistikasi bilan tanishing!

  • 30 oktabr, 2023, 20:56
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun "France Football" navbatdagi "Oltin to‘p"ni topshiradi. Ushbu sovrin uchun asosiy da’vogarlar ma’lum. Ularning yil bo‘yi erishgan natijalari asosida jurnalistlar, murabbiylar va jamoa sardorlari o‘z ovozlarini beradi. Eng ko‘p ovoz yig‘gan futbolchi "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritadi. Mazkur jarayon o‘z nihoyasiga etgan, ya’ni barcha ovozlar berib bo‘lindi. Endi g‘olib e’lon qilinsa, bas. Biz esa marosim oldidan da’vogarlarning erishgan natijalariga to‘xtalib o‘tamiz. 

Tecno

Kevin De Bryuyne.

10 gol, 32 golli uzatma. Chempionlar ligasi, Premer-liga va Angliya kubogi g‘olibi.

"Manchester Siti"ning, umuman Gvardiola futbolining eng muhim futbolchilaridan biri bo‘lgan Kevin De Bryuyne uchun yil yomon o‘tgani yo‘q. 32 marta sheriklariga golli uzatma amalga oshirgan yarim himoyachi finalda jamoasiga yordam bera olmagani muxlislar uchun biroz alamli bo‘ldi. Futbolchi klubi bilan trebl qayd etgan bo‘lsa-da, terma jamoa bilan umuman omadi yurishmadi. Qatardagi mundialda Belgiya guruhdan ham chiqa olmadi va bosh murabbiy o‘z lavozimidan ozod qilindi. Hattoki De Bryuynening o‘zi ham jamoani tanqid qilgandi. 

"Byornli" - "Manchester Siti" - Premer-liga

Vinisius Junior.

25 gol, 26 assist. Ispaniya kubogi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va UEFA superkubogi g‘olibi.

"Real" yulduzi Vinisius ham yomon mavsum o‘tkazgani yo‘q. Uning 51 ta golda ishtirok etishi zo‘r natija. Klubi bilan erishgan yutuqlari ham chakkimas. Ammo uning bisotida Chempionlar ligasi yarim finalida "Manchester Siti"dan uchralgan mag‘lubiyat, Jahon chempionatidagi omadsizliklar bor. Shuningdek, La Ligada ham"Barselona" tantana qildi. Mana shu faktorlar braziliyalik vingerning "Oltin to‘p"ni yutishi uchun to‘siq bo‘lishi mumkin, lekin kelajakda yana imkoniyat paydo bo‘lish ehtimoli yuqori. 

"Liverpul" - "Real Madrid": 1/8 final bosqichi - UEFA Chempionlar Ligasi

Kilian Mbappe.

55 gol, 14 golli uzatma. Frantsiya superkubogi va Liga 1 g‘olibi.

Mbappe uchun yil omadsizroq o‘tdi. U ikkita sovrin bilan cheklangani rost. Ammo futbolchi Jahon chempionatida g‘olib chiqishga juda yaqin keldi. Turnir davomida ko‘rsatgan o‘yini va finaldagi xet-trik muxlislarning unga bo‘lgan hurmatini oshirdi. Ayniqsa, "Real" ishqibozlari Kilianni tezroq o‘z jamoasida ko‘rishni istay boshladi. Mbappening bu vaqt davomida jamoaviy sovrindan ko‘ra individual yutuqlari ko‘p bo‘ldi. Misol uchun, u Mundial va Liga 1 to‘purari, Frantsiya chempionatining eng yaxshi futbolchisiga aylandi. 

gettyimages-1258427344-2048x2048

Erling Xoland.

56 gol, 9 ta assist. Chempionlar ligasi, Premer-liga va Angliya kubogida g‘olib chiqdi. 

"Manchester Siti"ning trebl yutishidagi asosiy qahramonlaridan yana biri bu Erling Xolanddir. U APL, Chempionlar ligasi kabi yirik turnirlarning ham to‘purari va eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Shuningdek, "The Best" ham unga nasib qildi. Biroq hujumchi terma jamoasi hech nima qila olmadi. Norvegiya Jahon chempionati saralashidan o‘ta olmadi. Shuningdek, "vikinglar" "Evro-2024"ga ham chiqa olmasligi mumkin.

UEFA Chempionlar ligasining 2023/24 yilgi mavsumi guruh bosqichiga qura tashlash marosimi

Lionel Messi.

42 gol, 26 golli uzatma. Jahon chempionati, Liga 1 va Frantsiya superkubogi g‘olibi.

Faoliyatining so‘nggi damlarini o‘tkazayotganligiga qaramasdan Lionel Messining asosiy nomzodlar orasida turishining o‘zi bir tahsinga loyiq. Argentina bilan so‘nggi yillarda qilayotgan ishlari uchun ham u shu erda va sovrinni qo‘lga kiritish ehtimoli yuqori. 35 yoshli hujumchi Qatardagi mundialning eng yaxshi futbolchisiga ham aylandi. Eng ko‘p golda ishtirok ham etdi. Messining "Oltin to‘p"ni yutishiga asosiy omil Jahon chempionati bo‘lib qoladi.

FBL-WC-2022-MATCH64-ARG-FRA-TROPHY

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dili
30/10/2023 21:46
Месссссссссиииии