
"Olimpik" O‘zbekiston U-21 Birinchiligi chempioni bo‘ldi
"Olimpik" U-21 jamoasi O‘zbekiston U-21 Birinchiligi chempioni bo‘ldi. Bunga “Lokomotiv”ning “Paxtakor”ga mag‘lub bo‘lgani sabab bo‘ldi.
Ayni paytda ikkinchi o‘rindagi “Lokomotiv” "olimpiyachilar"dan 9 ochko ortda qolmoqda va oldinda uchta tur qoldi. Ochkolar teng kelib qolsa, birinchi navbatda o‘zaro o‘yinlarga qaraladi. Unda Timur Kapadze shogirdlari ustun — 3:1, 1:2.
Fikrlar