
"Olimpik" etakchisi jamoasini o‘zgartirishi mumkin
"Olimpik" vingeri Ruslanbek Jiyanov jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Jiyanov xizmatiga Superliganing grandlari va xorij klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, futbolchi yangi mavsumni boshqa jamoa tarkibida o‘tkazadi.
Jiyanov U23 Osiyo kubogidagi yorqin o‘yinlari bilan muxlislar e’tiboriga tushgandi. Shuningdek, u Rossiyaga qarshi bahsda O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida debyut qilishga ham ulgurdi.
Fikrlar