
"Olimpik" "Arsenal"ga ikkita gol urib, yutqazdi
Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan Timur Kapadze boshchiligidagi "Olimpik" Tulaning "Arsenal" klubiga qarshi nazorat o‘yinida maydonga tushib, 2:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Olimpiyachilar tarkibidan Ruslan Jiyanov va Nodir Abduxoliqov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
O‘rtoqlik o‘yini
08.02.2023
Antaliya
"Olyimpik" - "Arsenal Tula" (Rossiya) 2:4
Gollar: R.Jiyanov 10, Nodir Abduxoliqov 61
"Kempinski" stadioni
"Olimpik": 1.Shukron Yuldashev (16.Dilshod Yo‘ldoshev), 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Odilbek Abdumajidov, 44.Shahzod Toirov, 6.Behzod Shamsiev, 23.Abdurauf Bo‘riev, 30.Jasurbek Jaloliddinov (10.Farruhbek Muxtorov), 21.Muhammadaziz Ibrohimov (47.Nodirbek Abduholiqov), 11.Otabek Jo‘raqo‘ziev (9.Timur Mamasiddiqov), 7.Ruslanbek Jiyanov, 37.Alisher Odilov (17.Azamat Abdurashidov).
Zaxiradan tushganlar: 18.Sardorbek Mahmudov, 70.Asadbek Rahimjonov, 5.Iskandar Bo‘sinov, 28.Ahmadillo Muqimjonov, 20.Mustafo Abdumannopov, 99.Muhammadali G‘iyosov.
Fikrlar