OKMK "Sepaxon" bilan o‘yinga muammolar bilan etib bordi. Boz ustiga Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnasha olmagan

  • 6 noyabr, 2023, 15:29
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
BEPUL PROPAN

OChL guruh bosqichi 4-tur doirasidagi «Sepaxon» — OKMK uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Unda OKMK klubi bosh direktori Bahodir Mirzaev ishtirok etdi. Mijalol Qosimov Eron yo‘llaridagi tirbandlik sabab matbuot anjumaniga etib kela olmagan.

Bahodir MirzaevAssalomu alaykum barchaga! O‘yinga jamoamiz kutilmagan muammolar bilan kelmoqda. Bir qator o‘yinchilarimizda jarohatlar mavjud. O‘zbekiston kubogi finali oldidan ushbu o‘yinchilarimizni tavakkal qilmagan holda Eronga olib kelmadik.

O‘yinni Isfaxondan Tehronga ko‘chgani bizga qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqardi. O‘ylaymanki, barchasi yaxshilikka xizmat qiladi. Eronga Dubay orqali keldik. Jamoamiz Dubayda mashg‘ulot o‘tkazdi. Qo‘shimchasiga Tehronga kelib ham ko‘plab muammolarga duch keldik. Yo‘ldagi tirbandlik tufayli, o‘yinoldi rasmiy mashg‘ulotimiz bekor bo‘ldi va matbuot anjumani oldidan klubimiz bosh murabbiyi ayrim noqulayliklar sabab yarim yo‘ldan ortga qaytdi.

Xalqaro maydonda Vatanimiz sha’nini himoya qilayotgan jamoamiz har qanday holatda oxirigacha harakat qiladi. Xudo xohlasa, yorug‘ yuz bilan Yurtimizga qaytamiz!

OKMKning «Sepaxon»ga qarshi uchrashuv uchun qaydnomasi:

photo_2023-11-06_02-07-02

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Хавасбек
07/11/2023 03:31
СЕПАХОНГА.....РАХМАТ... АНДИЖОН УЧУН КАСДИНИ ОЛДИ... СЕПАХОННИ АНЛИЖОН ДЕБ УЙЛАБДИ ШЕКИЛЛИ. 9:0 БУ АНТИ РЕКОРД ШАРМАНДА ОГМК ШАРМАНДА КОСИМОВ........
Жабборов Ахмаджон
06/11/2023 18:27
Ҳайрият баҳона тайёр экан.
АЛИ
06/11/2023 17:23
БОШИДАН БАХОНА КИЛМАЙЛАР Хеч булмаса дуранг уйнаб келийлар БАРАКА ТОПКУР ЛАР ЁКИ ЯНА ЕБ КЕЛАСИЛАРМИ!!!!??
ишбобоев жума
06/11/2023 15:36
Бохона килманглар. Ишкибозлар Сизлардан галаба кутишмокда.