OKMK Gruziya jamoasi bilan durang o‘ynadi

  • 12 fevral, 20:18
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OKMK Antalyadagi yig‘ini doirasidagi navbatdagi nazorat o‘yinini Gruziyaning "Samgurali" jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Tecno

Bellashuvda jamoalar kuchi teng keldi - 2:2.

Dastlab, 3-daqiqada gruziyaliklar hisobni ochgan bo‘lsa, 26-daqiqaga kelib ular hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. 10 daqiqadan so‘ng esa Nodirbek Abdurazzoqov taktik hujumni gol bilan yakunladi va oradagi farqni qisqartirdi. 42-daqiqaga kelib Xurshid G‘iyosov OKMK foydasiga belgilangan penaltini golga aylantirdi.

Shu tariqa, olmaliqliklar mavsum oldi yig‘in doirasidagi oltinchi o‘rtoqlik o‘yinida durangga imzo chekdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!