Og‘ir atletika. Kolumbiyada jahon chempionati start olmoqda. Vakillarimiz o‘z ishtiroklarini qachon boshlaydi?

BEPUL PROPAN

Bugun Kolumbiyaning Bogota shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati start oladi. Musobaqa Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari yo‘lida katta reyting ochkolarini taqdim qiladi. Shu bois, unda barcha terma jamoalar asosiy tarkibi bilan qatnashmoqda. 

Chempionatda 93 davlatdan 537 nafar sportchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Xususan, O‘zbekiston terma jamoasi 10 nafar (7 nafar erkak va 3 nafar ayol) atlet bilan qatnashadi. Qayd etish joiz, dastavval tarkibga 11 nafar sportchi jalb etilgan edi. Biroq -89 kg vazn toifasida ishtirok etishi kutilgan Sarvarbek Zafarjonov jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘la olmadi. Shu bois u Turkiya yig‘inidan so‘ng Toshkentga qaytadigan bo‘ldi. Jamoa esa bir necha soat avval Istanbuldan Bogotaga yo‘l oldi. Musobaqada qatnashadigan sportchilarimizning to‘liq tarkibi quyidagicha ko‘rinish oldi:

-67 kg: Adhamjon Ergashev (“A” guruhi)
-67 kg: Doston Yoqubov (“A” guruhi)
-81 kg: Og‘abek To‘xtaev (“V” guruhi)
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (“A” guruhi)
-102 kg: Sharofiddin Amriddinov (“V” guruhi)
-109 kg: Ruslan Nurudinov (“A” guruhi)
+109 kg: Akbar Jo‘raev (“A” guruhi)
-55 kg: Nigora Abdullaeva (“A” guruhi)
-81 kg: Rigina Adashbaeva (“V” guruhi)
-87 kg: Tursunoy Jabborova (“A” guruhi)

Chempionat davomida har bir atletimizning chiqishi katta qiziqish bilan kuzatib borilishi aniq. Siz ham hamyurtlarimizning ishtirokiga qiziqayotgan bo‘lsangiz, ushbu ma’lumotlar orqali ular qatnashadigan vaqtni belgilab oling:

8 dekabr: Nigora Abdullaeva (05:00, Toshkent vaqti bilan)
10 dekabr: Adhamjon Ergashev va Doston Yoqubov (02:30)
11 dekabr: Og‘abek To‘xtaev (21:30),
12 dekabr: Muhammadqodir Toshtemirov (02:30)
13 dekabr: Sharofiddin Amriddinov (21:30)
15 dekabr: Rigina Adashbaeva (02:00)
15 dekabr: Tursunoy Jabborova (05:00)
16 dekabr: Ruslan Nurudinov (05:00)
17 dekabr: Akbar Jo‘raev (02:30)

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!