
Og‘ir atletika. Doston Yoqubov jahon chempionatida kuchli oltilikdan joy oldi
Hozirgina Saudiya Arabistoni poytaxtida o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionatining erkaklar o‘rtasidagi –67 kg vazn toifasida bahslar o‘z nihoyasiga etdi.
Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Doston Yoqubov dast ko‘tarishda 135 kg, siltab ko‘tarishda 168 kg, ikki kurash yakunlariga ko‘ra esa 303 kg natija qayd etdi va kuchli oltilikdan joy oldi.
Fikrlar