Og‘ir atletika. Bugun Rigina Adashbaevaga muxlislik qilamiz

BEPUL PROPAN

Kolumbiyada o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida yuqori vaznli sportchilar ishtirokiga ham navbat etib keldi. Bugun faoliyatini engil atletika sport turida boshlab, bu yildan og‘ir atletika bahslarida ishtirok etayotgan Rigina Adashbaeva qatnashadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Hamyurtimiz -81 kg vazn toifasining “V” guruhida o‘z omadini sinab ko‘radi. Uning chiqishi Toshkent vaqti bilan 15-dekabrga o‘tar kechasi 02:00 ga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot uchun, Adashbaeva joriy yil 3 ta xalqaro musobaqada ishtirok etib, ularning barchasida sovrindorlar qatoridan joy olishga muvaffaq bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!