O‘FA ogohlantiradi!

  • 5 sentabr, 2024, 07:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va IIBB ogohlantiradi: 

"5 sentyabr kuni O‘zbekiston va KXDR terma jamoalari JCh saralash bahslari doirasida o‘zaro uchrashadi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Toshkent shahar IIBB ushbu o‘yinni “Bunyodkor” stadionida tomosha qilish istagida bo‘lgan hamyurtlarimizdan jamoat tartibiga qat’iy rioya etish, muxlislik madaniyatiga amal qilishni so‘raydi. 

Tecno

Maydonga tushish qat’iyan man etiladi! Avvalgi uchrashuvlardan birida OFK tomonidan belgilangan qoidalarni qo‘pol ravishda buzib, maydonga yugurib chiqqan va shu orqali tartibsizlik yuzaga keltirgan muxlislarga nisbatan huquq-tartibot organlari tomonidan ma’muriy hamda moddiy jazo qo‘llanilgan.  

Futboldan zavq olib, qoidalarni buzmay, stadionda faoliyat olib boradigan yuzlab insonlar mehnatini hurmat qilib, yuqori kayfiyatda uchrashuvga tashrif buyurishingizni so‘rab qolamiz", - deyiladi O‘FA matbuot xizmatida 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!