
"OCTAGON 60" turnirida jang qiluvchi o‘zbekistonliklar bilan tanishing yoxud hamyurtimiz Magomed Ankalaevni mag‘lub etgan jangchiga qarshi!
19 iyul kuni Almati shahrida "OCTAGON 60" yubiley turniri bo‘lib o‘tadi. Mazkur jang kechasida bir qator o‘zbekistonlik jangchilar ham oktagonga ko‘tariladi. Jumladan, yarim og‘ir vazn toifasida chempionlik kamari uchun hamyurtimiz Islom Baltaev amaldagi chempion Qozog‘iston vakili Murad Abdurahmonov (9-2) bilan jang qilsa, yarim o‘rta vaznda Shohasan Mirzamatov ozarbayjonlik Mahir Mamedovga (16-3) qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Shuningdek, Fahriddin Qosimjonov qozog‘istonlik iste’dod Sayat Abdualiga (5-0) qarshi bahs yuritsa, Mansur Otajonov yana bir mezbonlar vakili Kaster Sarkitbek (3-1) bilan to‘qnash keladi. Yana bir vakilimiz Javohir Narzullaev ham Qozog‘iston vakili Arsen Manapov (3-0) bilan jang qiladi.
Shu o‘rinda eslatib o‘tish joizki, hamyurtimiz Islam Baltaev jang qiladigan Murad Abdurahmonov WMMAA - 2014 World Championships finalida UFCning TOP jangchisi yarim og‘ir vazn toifasida chempionlikka da’vogar Magomed Ankalaevni mag‘lub etgandi.
Albtata, ushbu muhim janglarda hamyurtlarimizga omad tilaymiz!
Fikrlar