
OChL. Masharipov "avjiga chiqqan" bahsda jamoasi yarim finalga yo‘l oldi
Osiyo chempionlar ligasi chorak final bosqichidan o‘rin olgan "Al-Vahda" hamda "Al-Nassr" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur uchrashuvda saudiyaliklar 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Riyodliklar safida harakat qilayotgan Jaloliddin Masharipov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va o‘z nomiga bitta assit hamda ikkita gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Al-Nassr" yarim finalga yo‘l oldi. Saudiya klubi "Persepolis" va "Al-Hilol" jamoalari bellashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi.
Fikrlar
Сен бугун авжига чиқдинг Жалолиддин. Олға бос ўғлон. Марра финал ва Чемпионлик. Олға.......