
OChL 2-turi ramziy terma jamoasi ma’lum. Undan hamyurtimiz o‘rin oldi
OFKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari Osiyo Chempionlar Ligasi 2-turining ramziy terma jamoasini ma’lum qildi. Undan AGMK jamoasi hujumchisi Zafar Polvonov ham o‘rin olgan.
Kecha Tojikistonning "Istiqlol" klubiga qarshi kechgan bellashuvda Polvonov 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Afsuski, bu gollar olmaliqliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi. Shunga qaramay, OFK hujumchimizning o‘yinini munosib baholadi.
Bundan avvalgi tur ramziy terma jamoasidan "Paxtakor" futbolchisi Dragan Cheran o‘rin olgandi:
Fikrlar