
Obameyang "Arsenal"ga qanday shart qo‘ydi?
Hujumchi Per-Emerik Obameyang "Arsenal"dan ketishi mumkin. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 30 yoshli gabonlik futbolchi “kanonirlar”ning bir necha yillardan buyon Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etmayotganidan norozi bo‘lmoqda. Agar bu mavsum yakunlariga ko‘ra ham ular EChL yo‘llanmasini qo‘lga kirita olishmasa, Obameyang “Arsenal” rahbariyatidan o‘zini transferga qo‘yishni so‘ramoqchi.
Ma’lumot uchun, Obameyang “Arsenal” safida 2018 yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida londonliklar safida jami 77 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 49 ta gol hamda 12 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Unai Emeri boshchiligidagi jamoa ayni damda APL musobaqa jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar