
“Nyukasl” va “Lester” MYu futbolchisi istagini ro‘yobga chiqaradi
Sulsherga kerak bo‘lmay qolgan himoyachi Kris Smolling yakunlangan mavsumni Italiya chempionatida o‘tkazgandi.
“Roma” safidagi 30 ta uchrashuvda o‘z mahoratini namoyish eta olgan Kris Smolingni Sulsher maqtagan bo‘lsada, uni “Manchester Yunayted” tarkibiga qaytarish niyati yo‘q. Manchesterliklar himoyachini 25 million evroga sotib yubormoqchi.
“Roma” bu futbolchini olish fikridan qaytganidan keyin, Smolingga “Nyukasl” va “Lester” e’tibor qaratdi. Shuningdek, “Inter” ham tajribali himoyachini sotib olishga qarshi emas.
Kris Smolingning o‘zi esa Angliya premer-ligasiga qaytishni istamoqda.
Fikrlar