Nursulton Ro‘ziboevdan super finish va turnirning barcha natijalari (video)

  • 20 fevral, 2022, 01:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Poytaxtimiz Toshkent shahrida professional MMA bo‘yicha nufuzli promoushen hisoblangan Oktagon ligasi va U1 qo‘shma turniri bo‘lib o‘tdi. Turnirda qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishing:

Tecno

Asosiy kard:

Luchiano Kontini (Braziliya) - Nursulton Ro‘ziboev (O‘zbekiston): Ro‘ziboev o‘zining eng sevimli usuli - kimurani qo‘llagan holda g‘alaba qozondi.

Ruslan Rustamov (Azarbayjon) - Avliyoxon Hamidov (O‘zbekiston): Hamidov 1-raundda bog‘ish usuliga tushib qoldi va muddatidan oldin imkoniyatni boy berdi.

Azamat Nuftillaev (O‘zbekiston) - Yuriy Protsenko (Ukraina): to‘liq 3 raund davom etgan bahsda durrang qayd etildi.

Erkubulan Toktar (Qozog‘iston) - Abdul Aziz Sotvoldiev (O‘zbekiston):Sotvoldiev 2-raundda kuchli zarba o‘tkazib yubordi va chuqur nokaut holatiga tushib qoldi.

Ilyar Asxanov (Qozog‘iston) - Muslimbek Komilov (O‘zbekiston): raqibga nisbatan passivroq harakat qilgan Komilov 3-raundda muddatidan oldin mag‘lub bo‘ldi.

Ilyor Baktiyar Uulu (Qirg‘iziston) - Farxod Davlatov (Tojikiston): jang davomida olingan jiddiy jarohat sababli Davlatov jangni davom etadi olmadi.

Faxriddin Mardiev (O‘zbekiston) - Amir El Shanru (Misr): Mardiev 1-raundda ustunlikka erishgan holda misrlik raqibiga ko‘plab jarohatlar etkazdi. Shifokorlar esa El Shanriga bahsni davom ettirish uchun ruxsat bermadi.

Prelim kard:

Doston Bozorov (O‘zbekiston) - Tamerlan Kaykiev (Qirg‘iziston): Bozorov 2-raundda ketma-ket kuchli zarbalar natijasida raqibni qiyin axvolga solib qo‘ydi va texnik nokaut evaziga zafar quchdi.

Dilshod Yusupov (Tojikiston) - Saidatohon Nuriddinov (O‘zbekiston): 3 raund to‘liq davom etgan bahsda Saidatohon Nuriddinov hakamlar qarori bilan natijani o‘z foydasiga hal qila oldi.

O‘murbek Kanibaev (Qirg‘iziston) - Jahongir Najmiddinov (O‘zbekiston): Jahongir Najmiddinov 2-raundda muddatigan oldin g‘alaba qozondi.

Anvar Abdullaev (O‘zbekiston) - Adilet Abdivaliev (Qirg‘iziston): to‘liq davom etgan jangda raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan Anvar Abdullaev ochkolar hisobida g‘alabaga erishdi. 

Sharif Kushaev (O‘zbekiston) - Nurbek Matkabilov (Qirg‘iziston): Sharif Kushaev raqibini 1-raundda bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etdi.

Sardor Xudoyberdiev (O‘zbekiston) - Akmal Abduvaliev (Tojikiston)

Mirsaid Saparov (O‘zbekiston) - Vladimir Permyakov (Qozog‘iston) 

Suxrob Otajonov (O‘zbekiston) - Aybol Axmetov (Qozog‘iston)

Nizomiddin Isroilov (O‘zbekiston) - Salamat O‘razaxunov (Qirg‘iziston) 

Qurbonali Normurodov (O‘zbekiston) - Diyorbek Ro‘ziboev (O‘zbekiston) 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!