
Nursulton Ro‘ziboev reytingda ko‘tarilishga erishdi
Xabaringiz bor, hamyurtimiz, UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboev so‘ngi jangida AQSh vakili Sedrik Dyumani texnik nokautga uchratganidan so‘ng, katta ehtimol bilan kuchli 15 talikdan joy olishi kutilgandi.
Biroq, yangilangan UFC reytingda yurtdoshimiz o‘rta vazn (83,9 kg) toifasida 22-o‘rindan joy oldi. Albatta, bu ham yaxshi natija...yurtdoshimiz jadal sur’atlarda ko‘tarilishga erishmoqda. Yana bitta jangdagi g‘alaba TOP jangchilar qatoriga qo‘shiladi. Bu borada unga omad tilaymiz!
Fikrlar