
Nursulton Ro‘ziboev navbatdagi raqibi bilan kelishuvga erishdi. Biroq...
O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboev(34-9-2) yangi raqibi bilan o‘zaro kelishib oldi. Ya’ni, u AQSh vakili va UFC faxriy jangchilaridan biri Niko Praysni (16-7) jangga chorlagan va Prays ham o‘z o‘rnida bunga ijobiy javob qaytargan. Albatta, ushbu jang yarim o‘rta vazn (77,1 kg) toifasida bo‘lib o‘tishi mumkin, Biroq, bu jang UFC rahbariyati tomonidan tasdiqlanadimi yoki yo‘q, buni tez orada bilib olamiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar