
Novak Jokovich to‘xtashni istamayapti
Angliya poytaxti London shahrida Professional tennischilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan Yakuniy ATP chempionatida serbiyalik Novak Jokovich muvaffaqiyatli start oldi.
N.Jokovich musobaqadagi ilk uchrashuvini italiyalik Matteo Berrettiniga qarshi o‘tkazdi va 6:2, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa Novak guruhda Dominik Tim bilan birga bittadan g‘alabaga erishib, peshqadamlikni o‘z qo‘llariga oldi.
Fikrlar