
Nodirbek Yakubboev nufuzli shaxmat turniri yarim finaliga chiqdi. Navbatdagi raqib - Fabiano Karuana!
Chess.com sayti orqali har yili nufuzli shaxmat musobaqalari o‘tkaziladi. Shunday turnirlarning eng nufuzlisi, yil davomida bo‘lib o‘tadigan va sovrin jamg‘armasi 2 million dollarga teng bo‘lgan "Airthings Masters" onlayn shaxmat turidir.
Turnir saralash bosqichidan so‘ng 3 divizionga bo‘lib o‘tkaziladi. Yosh va istedodli shaxmatchilarimizdan biri Nodirbek Yakubboev 2-divizionning pley-off bahslarida muvaffaqiyatli dona surmoqda. U 1/8 finalda germaniyalik Matias Blubauemni 4 o‘yin natijasiga ko‘ra 3-1 hisobida mag‘lub etgan edi. Chorak final bahslarida esa Yakubboev rossiyalik Dmitriy Andrekin bilan o‘ynab 4 ta o‘yin natijasiga ko‘ra 2.5-2.5 natija qayd etdi. Qoidalarga ko‘ra, ochkolar teng kelgan taqdirda, so‘ngi turda qora donalarda durang yoki g‘alaba qayd etgan shaxmatchi keyingi bosqichga yo‘l oladi. Nodirbek Yakubboev ham yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va ushbu bosqichda AQShlik nomdor shaxmatchi Fabiano Karuanaga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi.

Fikrlar