Nodirbek Abdurazzakov : "Bu narsani biz oldindan rejalashtirgan edik"

  • 1 mart, 2023, 22:48
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston U20 terma jamoasi Osiyo kubogidagi ilk o‘yinida Suriyani (2:0) taslim etganidan xabaringiz bor. Bahs yakunlangach, uchrashuv qahramonlaridan biri - Nodirbek Abdurazzakov bilan suhbat uyishtirdik.

Tecno

Nodirbek g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin qiyin bo‘lmadimi?

- Ochig‘i, biroz qiynaldik. Anchadan beri rasmiy o‘yinda ishtirok etmagan edik. Orada yuzaga kelgan pauzadan keyin, "Bunyodkor" arenasida maydonga chiqib kelish oson emas. Boshida biroz xatolarga yo‘l qo‘ydik, ammo keyin o‘zimizga kelishni boshladik. Yakunda, 3 ochkoni qo‘lga kiritdik.

Jisomniy tayyorgarlik pand bermadimi?

- Jamoadoshlarimga qanday bo‘ldi bilmadim, ammo men biroz qiynaldim. Jarohatimni tiklaganimdan so‘ng, endigina umumiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshlagan edim. Biroz adaptatsiya uchun vaqt kerak edi. Nasib qilsa, keyingi o‘yinlarda bundan ham yaxshiroq formada bo‘laman.

fjiji32f

Suriya terma jamoasi haqida fikringiz qanday?

- Fikrim ijobiy. Kutganimizdek yaxshi jamoa bo‘lib chiqdi. Raqib bugun juda yaxshi himoyalandi. Imkon qadar bizi bosimga dosh berishga urindi. Ularga keyingi o‘yinlarda omad tilayman.

O‘yin davomida sizda gol kiritish uchun qulay imkoniyat bo‘ldi, ammo vaziyatdan foydalana olmadingiz?

- Bahona qilsam, bu boshqa bahonalarga ulanib ketadi. O‘zimga nimadir etishmadi. O‘zim noto‘g‘ri harakat qilganim uchun ham zarbamni golga aylantira olmadim. Keyingi o‘yinlarda bu vaziyatni o‘rnini gollar bilan to‘ldirishga harakat qilaman.

ko43kto43kt

Bugun bir necha bor darvozaga aylantirib zarba yo‘lladinglar. Bu oldindan o‘ylagan rejamidi?

- Yo‘q, bu narsani biz oldindan rejalashtirgan edik. Zarba ijro etayotganimda ham Ravshan Haydarov aylantirib darovza sari zarba tariqasida yo‘llashimni so‘radi. Bilgan bo‘lsangiz, Abbosbekni (Fayzullaev) ham zarbasi aylanib borib darvoza to‘riga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!