
Nima uchun De Bryuyne asosiy tarkibga kiritilmadi?
Xabaringiz bor, birozdan so‘ng "Real" - "Manchester Siti" uchrashuvi start oladi. "Shaharliklar"ning ushbu uchrashuv uchun chiqarilgan tarkibidan Kevin de Bryuyne joy olmadi.
Bugungi o‘yinda yarim himoyachi zaxiradan ham maydonga tusha olmasligi mumkin. Sababi, Kevin o‘yin oldidan ochqozoni bilan muammo yuzaga kelgani borasida mish-mishlar chiqmoqda. Xosep Gvardiola ham bunga to‘xtalib o‘tdi: "Hammasi yaxshi edi, lekin biroz oldin u kiyinish xonasida qusishni boshladi va tayyor emasman, dedi".
Eslatib o‘tamiz, De Bryuynening o‘rnini "Real"ning sobiq a’zosi Mateo Kovachichi eggalaydi.
Fikrlar