
Niko Kovach: "Bavariya"ga yana 4 ta yangi futbolchi kerak
Myunxenning "Bavariya" klubi bosh murabbiyi Niko Kovach jamoaga yana 4ta yangi futbolchi kerakligini aytdi.
"Bizga yana 4ta yangi futbolchi kerak", - deydi xorvatiyalik mutaxassis Kicker nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya chempioni safiga mavsumlar oralig‘ida frantsiyalik himoyachi Benjamin Pavarom va yarim himoyachi Lyuka Ernandeslar kelib qo‘shilishdi. Biroq, Mats Xummels, Rafinya, Frank Ribari, Aren Robben va Xames Rodriges kabi etakchi futbolchilar jamoani tark etishdi.
Fikrlar