Niko, sen kelmasang, to‘rtta zo‘r hujumchi bor!

  • 23 iyun, 17:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” rahbariyati jamoaning chempionlik mavsumidan keyin jamoa tarkibini kuchaytirish ishlarini olib bormoqda. Myunxenliklar asosiy e’tiborni hujum chizig‘ini mustahkamlashga qaratmoqda.

Tecno

Vensan Kompani shogirdlari orasida “Atletik” etakchisi Niko Uilyamsni ko‘rmoqchi edi. Evropaning bir qator grandlari nishonida turgan bu hujumchi Bilbaodan faqat “Barselona”ga o‘tishi mumkinligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, Myunxen superklubi boshqa variantlarga e’tibor qaratishga majbur bo‘lmoqda. Qanot hujumchisi pozitsiyaga “Bavariya” asosiy nomzod sifatida “Borussiya Dortmund” vakili Jeymi Bayno-Gittens va “Milan” vingeri Rafael Leauni tanladi.

Kicker nashriga ko‘ra, myunxenliklar bu pozitsiyaga “Brayton”dan Kaoru Mitoma va “Liverpul”dan Kodi Gakpo variantlarini ham ko‘rib chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!