Nigina O‘ktamova Osiyo chempionati kumush medal sohibasi!

  • 29 yanvar, 2022, 14:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha 22 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati final bahslarining navbatdagisi -54 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tdi. Unda yana bir yurtdoshimiz 2021 yilgi boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining "Eng yaxshi bokschisi" nominatsiyasi g‘olibasi Nigina O‘ktamova mo‘g‘ulistonlik Enkjargal Mungutsetseg bilan jang olib bordi. 

Tecno

Bo‘y va qo‘l uzunligi jihatidan mo‘g‘ul bokschisi ustunroq eknligi bilan biroz O‘ktamovaga noqulaylik tug‘dirdi va 1-raundda kichik ustunlik unga yozildi. 

2-raundda yo‘qotilgan raundni tenglashtirish uchun vakilamiz oldinga tashlandi va ketma-ket xujumlar uyushtira boshladi. Enkjargal esa "jeb" zarbalarini ishga solib ochkolar yig‘ishga harakat qildi. Biroq, anchagina aniqroq harakat qilgan hamyurtimiz 2-raundni o‘z foydasiga hal qildi. 

3-roaund ham qiziqarli tarzda kechib, ochiq jangning guvohiga aylandik. Yakunda, omad Mo‘g‘uliston vakilasiga kulib boqdi va O‘ktamova Osiyo chempionatining kumush medal sohibasiga aylandi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!