Neymar Anchelottiga shogird tushmoqchi

  • 4 sentabr, 2023, 17:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJdan “Al-Hilol”ga ko‘chib o‘tgan Neymar ayni paytda “Real”ni boshqarayotgan Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyligiga tayinlanishi mumkinligiga munosabat bildirdi.

Tecno

Italiyalik mutaxassisning “Qirollik klubi” bilan shartnomasi yozda yakunlanadi. Braziliya futbol  federatsiya terma jamoani tajribali mutaxassisga topshirishni rejalantirmoqda.

- Agar Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini qabul qilib olsa, juda yaxshi ish bo‘ladi. U taniqli mutaxassis, faoliyati davomida barcha sovrinlarni yutgan. Agar menda shunday imkoniyat tug‘ilsa, undan imkon qadar ko‘proq narsa o‘rganar edim.

Men o‘rganishni va fikr almashishni yoqtiraman. Terma jamoada bunday munosabatlar doim erkin bo‘lgan, - dedi Neymar.

Yaqinda Braziliya futbol konfederatsiyasi rahbari Ednaldo Rodriges 2024 yilning yozida Karlo Anchelotti mamlakat terma jamoasini qabul qilib olishini aytgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!