
"Neftchi"ning Rossiya klubiga qarshi o‘yin taqdirini birgina gol hal qildi
Turkiyaning Antaliya shahrida shug‘ullanayotgan “Neftchi” klubi bugun Rossiyaning “Leningradets” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida ishtirok etdi. O‘yinning 7-daqiqasida Sanjar Qodirqulov tomonidan urilgan gol “Neftchi”ga 1:0 hisobidagi g‘alabani taqdim qildi.
“Neftchi” jamoasi tarkibi: Sanjar Quvvatov, Muhsin Ubaydullaev, Anvar G‘ofurov, Jaloliddin Jumaboev, Boyan Tsiger, Abbos G‘ulomov, Javohir Qaxramonov, Diyor Turopov, Sanjar Qodirqulov, Bexruz Oblakulov, Bilolxon Toshmirzaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Sharof Muhitdinov, Mirzoxid G‘ofurov, Doniyor Valiev.
Fikrlar