"Neftchi" Turkiyadagi ilk nazorat o‘yinini o‘tkazdi

  • 28 yanvar, 2022, 20:15
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyadagi yig‘in o‘tkazayotgan Farg‘onaning “Neftchi” klubi bugun ilk nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Tecno

Vakillarimizga raqib sifatida Kosovoning “KF LLAPI” jamoasi maydonga tushdi. Ushbu uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Zaxiradan maydonga tushirilgan Izzat Abdullaev “Neftchi”ning goliga mualliflik qildi.

neftchi1

"Neftchi" tarkibi: Mashhur Muhammadjonov, Muhsin Ubaydullaev, Daniel Stoykovich, Husniddin G‘ofurov, Mirzohid G‘ofurov, Lutfulla To‘raev, Sirojiddin Qo‘ziev, Oybek Qilichev, Husniddin G‘ofurov, Sunnatullo Abdullajonov, Ulug‘bek Hoshimov.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Shuhratillo Rahmonov, Izzatilla Abdullaev, Sherzod Karimov, Shodiyor Xojimatov, Darko Stanoevich, Umar Adhamzoda, Abdulloh Olimov, Aleksandr Eshich.

Ilhom Mo‘minjonov jamoasi navbatdagi nazorat uchrashuvini 2 fevral kuni Rossiyaning “Fakel” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!