"Neftchi" ikkinchi uchrashuvda ham mag‘lub bo‘ldi

  • 26 yanvar, 2024, 21:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Neftchi"ning Turkiyadagi yangi mavsumga tayyorgarlik mashg‘ulotlari va yig‘inlarining birinchi bosqichi bugungi nazorat uchrashuvi bilan yakunlandi. Yurtdoshlarimizning Polshaning "Lexiya" jamoasi bilan bo‘lgan jiddiy bahsda 0:1 hisobi qayd etildi.

Tecno

Bugundan boshlab futbolchilarga to‘rt kunlik ta’til beriladi. 31 yanvardan Antaliyadagi yig‘inlarning ikkinchi bosqichiga start beriladi. Bu bosqichda futbolchilar yana bir qator nazorat uchrashuvlari o‘tkazishni rejalashtirishgan. Bu haqda yig‘inlar oldidan tegishli ma’lumotlar beriladi.

"Neftchi" 0:1 "Lexiya" (Gdansk)
Antaliya,  Turkiya
"Traning" stadioni
Gol: Tomas Bobchek 75 0:1.
"Neftchi": Sanjar Quvvatov (Asror Kenjaev, 46), Jaloliddin Jumaboev (Boyan Tsiger, 46), Anvar G‘ofurov, Muxsin Ubaydullaev, Abbos G‘ulomov, Mirzohid G‘ofurov, G‘ulomhaydar G‘ulomov, Diyor Turopov, Javoxir Qaxramonov, Shoxruz Norxonov (Sanjar Qodirqulov, 46), Bilolxon Toshmirzaev.

Eslatib o‘tamiz, kunning birinchi qismida Qozog‘istonning "Elimay" klubiga qarshi bahsda farg‘onaliklar 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

"Neftchi" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Эргашев Файзулло
26/01/2024 21:09
Уртоклик учрашув биринчи уйин хаммаси яхши йигитлар 2024 Нефтчи чимпион