"Neftchi" ikki nafar futbolchi bilan shartnoma tuzdi, ulardan biri legioner!

  • 26 yanvar, 2021, 20:22
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Neftchi”ga Ilhom Mo‘minjonov bosh murabbiy etib tayinlanganidan so‘ng, tarkib chindan ham munosib futbolchilar hisobiga kuchaytirilmoqda. Maqsad Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish bo‘lgani sababli tarkib ham shunga yarasha ijrochilar evaziga to‘ldirilyapti.

Tecno

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun “Neftchi” ikkita futbolchi bilan shartnoma imzoladi.

Ulardan biri legioner bo‘lib, serbiyalik  Nemanya Obradovich bilan rasman shartnoma imzolandi. U jamoaning hujum chizig‘ida harakat qiladi. Qizig‘i shundaki, “Neftchi” yaqinda serbiyalik himoyachi Darko Stanoevich bilan ham kelishuvga erishgandi.  

obradovich

Ma’lumot uchun, Nemanya Obradovich o‘z vaqtida Serbiya yoshlar terma jamoasida to‘p surgan. Shu bilan birga faoliyati davomida Serbiya Superligasining FK “Indjida” (2020) “Kisvarda” (2019-2020), “Spartak” (2018-2019), FK “Xonka” (2017-2018), “Stal Xamyanske” (2016-2017), “Sukariski” (2015-2016) va boshqa klublarda to‘p surgan.

Bundan tashqari, o‘tgan mavsumni “Lokomotiv”da o‘tkazgan hujumchi Abdul Aziz Yusupov ham yangi mavsumda “Neftchi” sharafini ximoya qiladi. E’tiborlisi, u ilgari ham farg‘onaliklar safida to‘p surgan. Shundan ekan, Yusupov sobiq klubiga qaytdi.

yusupov

Ma’lumot uchun, Abdul Aziz Yusupov shu kungacha  “Lokomotiv” (2020 yil) “Surxon” (2019) “Neftchi” (2018), “Tsementchi” (2017), “Qo‘qon-1912” (2016), “Paxtakor” (2013) jamoalarda faoliyat olib borgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!