
"Neftchi" futbolchilari maosh olmayaptimi?
"Neftchi" moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan otkazayotgani rost, ammo klubdagi vaziyat ancha yaxshilanmoqda.
Jamoani moliyalashtiruvchi - "Neftbaza" o‘z ish faoliyatini havo isiganida (may oyida) boshlaydi. Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, asosiy homiyning moliyaviy qo‘llab-quvvatlashining yo‘q ekanligi futbolchilarni ruhiy xolatiga ta’sir ko‘rsatgan. "Olimpik" bilan bahsda jamoa a’zolari 4 oylik maoshini hali olmasdan harakat qilgani sezilgani aniq.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda maoshlar to‘lab berishi boshlangan va jamoadagi keskin xolat stabillashmoqda. Shaxsan Vitaliy Levchenkoning o‘zi futbolchilarga maoshini olib berishini aytgan. 2 kun avval esa, jamoa asosiy homiylari klub bazasiga tashrif buyurib, bo‘shashmaslikni, barchani maoshini to‘lab berishini ma’lum qilgan. Vaziyatni shaxsan viloyat hokimi o‘z nazoratiga olgani aytilmoqda. Qisqasi, tez orada "yo‘lbarslar" moliyaviy tanglikdan chiqib ketadi.
Fikrlar