
"Navbahor"ning" Al Hilol"ga qarshi o‘yini “Markaziy” stadionidagi katta monitorda namoyish etilmaydigan bo‘ldi
Avvalroq, "Navbahor" klubining rasmiy telegram kanali orqali jamoaning ertaga “Al-Hilol”ga qarshi kechadigan bahsini “Markaziy” stadionidagi katta monitorda jonli efirda namoyish etish rejalashtirilayotgani va bu borada ishlar olib borilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Ammo, uchrashuv videoyozuvini Saudiya Arabistonidan olishda qiyinchiliklar yuz berishi, o‘yin translyatsiyasi borasida ayrim texnik muammolar yuzaga kelganligi, qolaversa, o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanib, yarim tundan o‘tganida yakunlanishi, bu esa ko‘pchilik muxlislarga qiyinchilik tug‘dirishini inobatga olgan holda, mazkur o‘yin “Markaziy” stadionidagi katta monitorda jonli efirda namoyish etilmaydigan bo‘ldi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikrlar