
"Navbahor" uyida o‘yin o‘tkazsa, birinchilikni hech kimga bermaydi
17-18-21-22-23 iyun kunlari Superliganing 12-turi o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.
Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etmoqdamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislari statistikasi bilan tanishtiramiz.
Bu gal stadionlarimizga jami 22613 tomoshabin tashrif buyurdi. Har bir bellashuvga o‘rtacha 3230ni tashkil qiladi.
Eng ko‘p muxlis Namanganda. Ha, "Navbahor" uyida o‘yin o‘tkazsa, birinchilikni hech kimga bermaydi. Hisob ochilmagan uchrashuvni 8900 tomoshabin shohidiga aylandi.
Navoiyda kechgan bahs ham muxlislarni o‘ziga tortdi. "Qizilqum" - "Paxtakor" uchrashuvini 8223 tomoshabin kuzatdi. Navoiyliklar futbolni sog‘ingandi. Chunki ularning jamoasi ancha vaqt uy o‘yinlarini boshqa stadionlarda o‘tkazdi.
Eng kam ishqiboz Toshkentda. Turning markaziy - "Lokomotiv" - "So‘g‘diyona" bahsida bu holat kuzatildi. Bellashuvga 470 ishqiboz keldi xolos.
Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):
"Navbahor" - "Metallurg" 0:0. 8900 tomoshabin
"Qizilqum" - "Paxtakor" 0:2. 8223 tomoshabin
"Dinamo" - "Surxon" 1:3. 1745 tomoshabin
"Bunyodkor" - "Qo‘qon-1912" 1:1. 1565 tomoshabin
"Neftchi" - "Nasaf" 1:1. 1205 tomoshabin
"Olimpik" - AGMK 1:0. 505 tomoshabin
"Lokomotiv" - "So‘g‘diyona" 0:1. 470 tomoshabin
Fikrlar