"Navbahor" qiziqiyotgan hujumchi Toshkent klubi bilan xayrlashdi (foto)

  • 18 dekabr, 2022, 09:57
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Olimpik" libosida yorqin mavsum o‘tkazgan Po‘latxo‘ja Xoldorxonov jamoa bilan xayrlashdi.

Tecno

19 yoshli hujumchi o‘zining "Instagram"dagi sahifasiga post yukladi va unga "barchasi uchun rahmat, Olimpik", deb yozib qoldirdi. U "olimpiyachilar" tarkibida 1 mavsum o‘tkazdi va Superliga doirasida 4 bor raqiblari postiga yo‘l topishni uddaladi. Xoldorxonov "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi hamda Kapadze jamoasida ijara asosida harakat qilayotgandi.

Avvalroq, Po‘latxo‘jaga "Navbahor" qiziqayotgani, ammo "Paxtakor" o‘z futbolchisini qo‘yib yubormaslikka harakat qilishi haqida saytimiz orqali yozgan edik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!