"Navbahor" futbol maktabi Niderlandiyaning mashhur “Ayaks” futbol akademiyasi boshqaruviga beriladi

  • 16 sentabr, 21:42
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Yaqinda “Navbahor” futbol maktabini uch yil muddatga Niderlandiyaning mashhur “Ayaks” futbol akademiyasi boshqaruviga berish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

“Namanganga kelib, futbol haqida gapirmasak bo‘lmaydi. Namanganlik yoshlar uchun futbol shunchaki o‘yin emas, bu – hayot tarzi. Har bir bola mahallada to‘p tepib katta bo‘ladi. “Navbahor”ning har bir o‘yini – shahar uchun katta bayram”, - dedi davlatimiz rahbari. 

Ushbu akademiyaning 11 nafar murabbiy, skaut va metodistlari Namanganga olib kelinadi.

Prezidentimiz kelajakda bu akademiyada dunyoning "top" klublarida o‘ynaydigan, jahon chempionatlarida o‘z mahoratini namoyon qiladigan ko‘plab futbolchilar etishib chiqishiga ishonch bildirdi.

Yig‘ilish davomida hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi, tadbirkorlarning namunali tajribalari ko‘rib chiqildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!