
"Navbahor" - "Neftchi" uchrashuviga qancha muxlis tashrif buyurdi?
"Navbahor" Superliga 9-tur doirasida "Neftchi" bilan kuch sinashdi. Vodiy derbisida 0:0 hisobidagi durang qayd etildi.
Namangandagi bellashuvni kuzatish uchun stadionga 17230 muxlis tashrif buyurdi. Biroq ularga gol ko‘rish nasib qilmadi.
Ushbu durangdan so‘ng "lochinlar" 1-o‘rinni saqlab qoldi. Farg‘onaliklarning esa holati yaxshi emas.
Fikrlar