
"Nasaf"ning OChL pley-offidagi raqibi ma’lum bo‘ldi
O‘tgan mavsum O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan "Nasaf" Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etish uchun imkoniyatga ega bo‘ldi.
OFK qit’a miqyosidagi eng nufuzli turnir uchun qatnashuvchilarning yakuniy tarkibini e’lon qildi. Eron grandlari "Istiqlol" va "Persepolis" litsenziyadan mahrum qilindi. Shu bois, Eron joriy mavsum guruh bosqichida atigi 2 kvotaga ega.
Bundan tashqari, Iroq pley-offdagi bir o‘rinni boy berdi. Natijada, "Al-Garafa" to‘g‘ridan to‘g‘ri guruh bosqichiga yo‘l oladigan bo‘ldi. "Nasaf" esa, 15 mart kuni BAAning "Baniyas" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Qur’a tashlash marosimi 17 yanvar kuni Kuala-Lumpurda Toshkent vaqti bilan 11:00 da boshlanadi.
Fikrlar