
"Nasaf"dan so‘ng bu ishni "Lokomotiv" "uddaladi"
O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bellashuvda mezbonlar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Maydon egalari safida gollarga Sardor Abdunabiev, Damyan Krayishnik va Ivan Bulatovich mualliflik qildi.
Shunday qilib, "Paxtakor" 82 turlik tanaffusdan keyin yana Superligada 3 ta to‘p farqi bilan yutqazdi. So‘nggi bor "Nasaf" 2020 yilda "sherlar"ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratgan edi. O‘sha kuni "ajdarlar" tarkibida Sharof Muhitdinov, Akmal Mozgovoy hamda Marko Stanoevich to‘p kiritgan.
Fikrlar