
"Nasaf" "Fakel"ga qarshi o‘yinda irodali g‘alabaga erishdi
Bugun “Nasaf” klubi Antaliyadagi yig‘ini doirasida Rossiya premer-ligasi vakili Voronejnin “Fakel” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida ishtirok etdi.
17-daqiqada “Fakel” futbolchisi Sergey Brizgalov uchrashuvda hisobni ochdi. “Nasaf” esa 75 hamda 79-daqiqalarda Islom Kenjaboev va Marko Stanoevichning gollari evaziga mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantira oldilar.
“Nasaf” tarkibi: Zafar Safoev, G‘olib G‘aybullaev, Igor Golban, Zafar Hakimov, Akmal Mozgovoy, Javohir Sidiqov, Jambuli Jigauri, Islom Kenjaboev, Murod Rahmatov, Nodir Mukarov, Asliddin Tursunpo‘latov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Marko Stanoevich, Shaxzod Akramov, Viktor Da Silva, Bekjon Jo‘raboev.
Fikrlar