
“Napoli” va “Yuventus” “Manchester Yunayted” hujumchisini ilib ketmoqchi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Rasmus Xoylundga A Seriyaning “Napoli” va “Yuventus” klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Italiyaning ikki klubi ham qishki transferlar oynasida tarkibni kuchaytirish maqsadida bir necha futbolchilarni xarid qilmoqda. Hozirda asosiy muammo sifatida hujum chizig‘i ko‘rilganligi sabab, ikki jamoa ham qishda hujumchi sotib olishni maqsad qilib qo‘ygan.
“Talksport” nashrining ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi kunlarda neapolliklar va turinliklar “qizil iblislar” forvardi hisoblangan Xoylundga juda katta qiziqish bildirmoqda. Agarda manchesterliklar futbolchini qo‘yib yubormoqchi bo‘lsa, italiyaliklar shartnoma taklif qilishga tayyor.
Ma’lumot o‘rnida, daniyalik o‘yinchi joriy mavsum “mankuniyaliklar” safida 28 ta bellashuvda ishtirok etib, 7 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 60 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar